Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kan «Bavariya» murabbiylari va futbolchilarini o‘yin g‘oyasi yetishmovchiligi haqida o‘ylab ko‘rishga chorladi
Myunxenning «Bavariya» jamoasi sobiq darvozaboni Oliver Kan murabbiylar shtabi va jamoa futbolchilarini YeChLning guruh bosqichi, 2-turi doirasida Madridning «Atletiko» jamoasidan uchralgan mag‘lubiyatni chuqur tahlil qilishga chaqirdi. Karlo Anchelotti shogirdlari ushbu o‘yindan 0:1 hisobidagi mag‘lubiyat bilan qaytdi.
«Atletiko» — haddan tashqari kuchli jamoa. Lekin «Bavariya»dagilar o‘z oldilariga shunday savol qo‘yishlari kerak: nega jamoa bu o‘yinda esa variantlarsiz ko‘rindi. Holbuki, keyingi vaqtlarda jamoa o‘yini rang-barang edi. G‘oyalardan tashqari, jamoaga bu o‘yinda tezlik yetishmadi. Robben va Riberi har safar raqib darvozasiga orqa o‘girib turardi. Bu ahvolda ko‘p narsaga erishib bo‘lmaydi», — deya Kanning so‘zlarini keltiradi Sport1.
Mavzuga oid
17:58 / 25.05.2024
«Barselona» va «Bavariya»ning yangi murabbiylari ma’lum bo‘ldi
12:43 / 07.05.2020
Anchelotti, Poyyet, Frensis. Futboldagi ajabtovur iste'folar
18:12 / 20.12.2019
Arveladze Barselona, Berdiyev Turkiya, Baqoyev Tailand, Abramov Moskvada. Murabbiylar ta'tilda nima bilan band?
22:41 / 28.03.2019