Şota Arveladze Barselonada
Özbekistonning amaldagi çempioni va kubogi sohibi Toşkentning «Paxtakor» klubi boş murabbiyi Şota Arveladze ta'tilni Yevropada ötkazmoqda. Gruziyalik mutaxassis va uning öğli çorşanba kuni Kataloniyadagi «Kamp Nou» stadionida ötgan «Barselona» - «Real» (0:0) öyinini öyingohning özidan tomoşa qilişdi. Ispaniyada ta'tilda bölgan Arveladze “instagram”dagi sahifasida «El-Klasiko»dan rasm joylagan. Xorijlik murabbiy yangi yil bayramidan keyin Toşkentga qaytişi rejalaştirilgan.
Babayan Xitoyda, Fyodorov Moskvadan keldi
Yakunlangan mavsumda Superligada 2-örinni egallagan «Lokomotiv» klubi çempionat tugaganidan söng boş murabbiy Samvel Babayan bilan xayrlaşdi. Milliy jamoamiz sobiq boş murabbiyi Xitoyning «Çançun Yatay» klubida iş boşlaganligini e'lon qildi. Yangi murabbiy sifatida «Lokomotiv»ga yana qaytarilgan Andrey Fyodorov esa 20 dekabr kuni Moskvadan Toşkentga qaytdi. «Temiryölçilar» ustozi yanvardagi OÇL saralaş bahslariga tayyorgarlikni boşladi.
Vadim Abramov Moskvada
Özbekiston milliy jamoasi hamda «Bunyodkor» klubi boş murabbiyi Vadim Abramov ham qişki ta'tilni xorijda ötkazmoqda. 57 yoşli murabbiy oğir mavsumdan keyin Rossiya poytaxti Moskvada soğliğini tiklaş bilan band. «Bunyodkor» klubi yanvar oyidan OÇL saralaş bahslariga kirişişi bois, klub yangi mavsumga tayyorgarlikni boşlab yuborgan. Vadim Karlenoviç 20 dekabrdan keyin Toşkentga qaytadi.
Baqoyev Qozoğiston va Tailandga borib keldi
2019 yilgi mavsum kaşfiyotiga aylangan «Söğdiyona» klubi çempionat oxiriga qadar OÇL yöllanmasi uçun kuraş olib bordi, ammo yakunda yöllanma «Bunyodkor»ga nasib etdi. Şunga qaramay, Uluğbek Baqoyev boşqaruviga ötib, butunlay boşqa jamoaga aylangan Jizzax klubining sovrinli örinlar uçun kuraşişi tahsinga sazovor natijadir. Tanaffus paytda Toşkentda taşkil etilgan «Pro» litsenziyasi uçun öquv-seminarida iştirok etgan Baqoyev, litsenziya majburiyati doirasidagi xorijdagi malaka oşirişni Qozoğistonda ötadi. Muvaffaqiyatli mavsumdan keyin esa Uluğbek Baqoyev Tailandda bölib, bir hafta davomida hordiq çiqarib qaytdi.
Andrey Şipilov Sankt-Peterburgda
«Metallurg» klubi uçun ham mavsumni muvaffaqiyatli ötdi, deyiş mumkin. Bekobodliklar 16 yil davomida kuçli beşlikka yaqinlaşa olmagandilar, sönggi ikki mavsumdan buyon esa Andrey Şipilov qöl ostida ketma-ket 5-örindan joy olişmoqda. Rossiya fuqaroligiga ega mutaxassis ayni damda Sankt-Peterburgdagi uyida qişki ta'tilni ötkazmoqda. «Ma'dançilar» yanvar oyi boşidan yangi mavsum taraddudini boşlaşadi.
Vladimir Andreyev Termizda
Mavsum debyutanti sanalmiş Termizning «Surxon» klubi uzoq yillik tanaffusdan keyin Superligaga qaytib, 6-örindan joy oldi. Klub boş murabbiyi Vladimir Andreyev qişki tanaffusni Termizda, oilasi davrasida ötkazmoqda. Jamoa yanvar oyidan tayyorgarlikni boşlaydi.
Röziqul Berdiyev Istanbulda böldi
Qarşining «Nasaf» klubi mavsumni özi uçun munosib bölmagan 7-örinda yakunladi. Ammo jamoaning bu yilgi imkoniyati, qolaversa, Röziqul Berdiyevning joriy mavsumda ham asosiy e'tiborni mahalliy yoş kadrlarga qaratganini inobat oladigan bölsak, jamoaning bu natijasi tanqidga munosib emas. Öz ustida işlaşni töxtatmayotgan Röziqul Berdiyev Toşkentda taşkil etilgan «Pro» litsenziyasi uçun öquv-seminarida iştirok etgaç, ikkinçi bosqiçdagi malaka oşirişni qişki ta'tilda Turkiyada ötab qaytdi. Istanbulning «Kasimpaşşa» klubida amaliyot ötagan Berdiyev jamoaning 8 dekabr kungi «Beşiktaş» klubiga qarşi uçraşuvini ham stadiondan kuzatdi. Darvoqe, Turkiyadagi safar davomida «Paxtakor» murabbiyi Jasur Abduraimov va sport direktori Ja'far Irismetov ham Röziqul Sa'dullayeviç bilan birga malaka oşirib qaytişdi.
Mirjalol Qosimov Toşkentda saylov bilan band
Mirjalol Qosimov boşçiligida yil boşida OÇL saralaşida iştirok etgan OKMK klubining mavsum yakunida Superligada 8-örinni egallaşi, özbek futboli afsonasi sanalmiş murabbiyning faoliyatidagi eng yomon natijadir. Mirjalol Qöşoqoviç mavsumdan keyin köpçilik murabbiylar qatori xorijga çiqqani yöq, aksinça, kutilmaganda siyosat bilan ham şuğullanişni istagan körinadi. Mirjalol Qosimov 22 dekabr kungi saylovlarga tadbirkorlar va işbilarmonlar harakati - Özbekiston liberal-demokratik partiyasidan Toşkent şahar kengaşi deputatligiga nomzod etib körsatilgan. Murabbiy futboldan taşqari vaqtini saylovdagi faollik bilan ötkazmoqda.
Andrey Kançelskis Moskvada
Hozirgi imkoniyatidan kelib çiqilsa, «Navbahor» uşbu mavsumda kutilganidan past natija – 9-örinni egalladi. Dekabr oyidan jamoa ta'tilga çiqqaç, yangi mavsum uçun klub boş murabbiyi masalasi oçiq turgandi. Klub rahbariyati Andrey Kançelskis bilan tuzilgan şartnomada iste'fo uçun badal tölovi katta mablağni taşkil etişini inobatga olib, yangi mavsumda ham rossiyalik mutaxassisni lavozimida qoldirdi. Kançelskis ayni damda Rossiyada qişki ta'tilni ötkazmoqda. Murabbiy yangi yil bayramidan keyin Özbekistonga qaytadi.
Aleksandr Xomyakov Rossiyada
Mavsum debyutanti «Andijon»ni ikkinçi davra oldidan qabul qilib olgan rossiyalik mutaxassis Aleksandr Xomyakov öz oldiga qöyilgan vazifa – jamoani ligada olib qolişni uddaladi. Qişki tanaffusni murabbiy öz vatanida ötkazmoqda. Yangi mavsum tayyorgarligi yanvar oyidan boşlanadi.
Baxtiyor Aşurmatov Toşkentda
Qöqon futboli tarbiyalanuvçisi bölgan Baxtiyor Aşurmatov yaqinda «Qöqon-1912» klubi boş murabbiyi etib tayinlandi. 43 yoşli mutaxassis sentabr oyida «Surxon» klubini tark etgaç, uç oy davomida dam olişga ulgurdi. Şu bois murabbiy Toşkentda hozirdan yangi klubining yangi mavsum rejalarini tuziş bilan band.
Hamid Aktamov Turkiyaga bölib qaytdi
Navoiyning «Qizilqum» klubi uçun 2019 yilgi mavsum oson keçmadi. Klubdagi muammolar bois, jamoa barqarorlikka erişa olmadi. Boş murabbiy Hamid Aktamov jamoasining Superligadagi örnini qiyinçilik bilan saqlab qolgaç, «Pro» litsenziyasi uçun amaliyotni Turkiyada ötab qaytdi.
Muhsin Muhammadiyev Tojikistonga borib keldi
«Buxoro» klubini Superligada zörğa olib qolişga erişgan tojikistonlik mutaxassis Muhsin Muhammadiyev vatanida dam olib qaytgaç, 17 dekabr kuni ÖFA 1-vitse-prezidenti Ravşan Ermatovning Buxorodagi taşrifi davomida u bilan uçraşgan. Klub rahbariyati iştirokida ötgan uçraşuvda viloyatda futbolni rivojlantiriş masalalari atrofliça örganilgan.
Taçmurod Agamurodov Turkmanistonda
Mavsumning sönggi turiga qadar «Dinamo»ni Superligada olib qolişga uringan Taçmurod Agamurodov, öz jamoasi bilan turnir jadvalida «Buxoro» va «Qizilqum» singari 24 oçkodan töplagan bölsa-da, özaro öyinlardagi natija sabab alamli tarzda quyi ligaga ravona böldi. Mavsum yakunlangaç, turkmanistonlik mutaxassis öz vataniga jönab ketdi. Murabbiy dekabr oyi yakunida Aşxoboddan Toşkentga qaytib keladi.
Usmon Ibodov tayyorladi.












