Iqtisodiyot | 16:40 / 29.09.2016
7982
2 daqiqa o‘qiladi

OTB O‘zbekiston YaIM hajmi o‘sishi bo‘yicha prognozini o‘zgarishsiz qoldirdi

Osiyo Taraqqiyot Banki O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti (YaIM) hajmi o‘sishi ko‘rsatkichlariga doir prognozlarini ma'lum qildi. Bu haqda UzDaily xabar bergan.

OTBning «Osiyo taraqqiyotining yangilangan sharhi» nashrida keltirilgan ma'lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti hajmi 2016 yilda 6,9 foizga o‘sadi.

Bank prognoziga ko‘ra, O‘zbekiston iqtisodiyotining o‘sishi bo‘yicha 2017 yilgi prognozini ham o‘zgarishsiz qoldirdi. OTB prognoziga ko‘ra, kelasi yili O‘zbekiston YaIM hajmi 7,3 foizga o‘sishi kutilmoqda.

OTB ekspertlari O‘zbekistonda 2016 yili inflyatsiya darajasi 10 foizni, 2017 yili esa 11 foizni tashkil qilishini taxmin qilgan.

Hisobotda ta'kidlanishicha, O‘zbekiston iqtisodiyotining 2016—2017 yillardagi o‘sishi, avvalgidek, asosiy savdo sheriklari, jumladan, Rossiya, Xitoy va Qozog‘iston bozorlaridagi vaziyatning rivoji, eksport mahsulotlarining ayrim turlari, xususan, tabiiy gaz, oltin, mis va paxta narxlariga bog‘liqdir. 

OTB sanoatga investitsiyalar kiritish, ish haqi, pensiya va boshqa to‘lovlar miqdorini oshirish hisobiga ichki talabni rag‘batlantirishni O‘zbekiston iqtisodiyotining yaqin yillardagi o‘sishi asosiy manbalari sifatida ko‘rsatib o‘tgan.

«Osiyo taraqqiyoti sharhi» va «Osiyo taraqqiyotining yangilangan sharhi» Osiyo Taraqqiyot bankining asosiy iqtisodiy nashrlari bo‘lib, unda Osiyo va Tinch okeani mintaqasidagi mamlakatlarning iqtisodiy holati tahlili va ularga taalluqli prognozlar berib boriladi.

Mavzuga oid