Jamiyat | 12:33 / 30.09.2016
6180
2 daqiqa o‘qiladi

London aholisi "Metroda suhbatlashamizmi?" aksiyasini tanqid ostiga oldi

London aholisi "Metroda suhbatlashamizmi?" aksiyasiga salbiy munosabat bildirdi. Aktsiya tashkilotchilari Britaniya yerosti transporti yo‘lovchilariga o‘z xohishlariga ko‘ra maxsus to‘g‘nog‘ich taqishni taklif qilishdi, bu ularning tasodifiy hamroh bilan muloqot qilishga tayyor ekanligini bildiradi. Bu haqida Evening Standard gazetasi xabar berdi

Manbaga ko‘ra, noma'lum faollar London yerostida metroda suhbatlashishga tayyor ekanligini bildiruvchi to‘g‘nog‘ichlarni tarqatishgan. #Tube_Chat nomi ostidagi aksiya metro yo‘lovchilari orasida munosabatlarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan. 

To‘g‘nog‘ich biriktirilgan flayer matnida yozilishicha, uni taqqan yo‘lovchilar notanish hamrohlari bilan suhbat qurishga roziligi bildirgan bo‘lishadi. Aktsiya mualliflarining fikricha, bu yerosti transporti yo‘lovchilari uchun foydadan xoli bo‘lmaydi. 

London aholisi bu aksiyaga tanqidiy munosabat bildirdi, ular ijtimoiy tarmoqlarda faollar "bezovta qilinmasin" to‘g‘nog‘ichini tarqatganda yaxshiroq bo‘lishini yozishgan. 

Yerosti transporti rahbariyati to‘g‘nog‘ichlarning dizayni London metrosi gaydlaynlariga to‘g‘ri kelsa-da, mazkur aksiyaga hech qanday aloqasi yo‘qligini ta'kidladi.

Mavzuga oid