Toşkent metrosining “Çinor” bekati rekonstruksiya işlari sababli 13 iyundan boşlab 50 kunga yopiladi. Bu haqda metropoliten matbuot xizmati ma’lum qildi.
Loyiha doirasida bekatning kiriş va çiqiş qismlari kengaytiriladi, aholining barça qatlamlari, jumladan, yoşi katta fuqarolar, nogironligi bölgan şaxslar hamda bolali oilalar uçun 4 ta katta siğimli zamonaviy lift örnatiladi. Şuningdek, yölovçilarga xizmat körsatiş sifatini yanada oşiriş maqsadida qöşimça 12 ta turniket örnatilişi rejalaştirilgan.
Bekat yopilgan davrda “Çinor” va “Yangihayot” metro bekatlari örtasida bepul metrobuslar qatnovi taşkil etiladi.












