12:51 / 30.09.2016
8881

Tojikiston muxolifati mamlakat hukumatini hujumlarga yo‘l qo‘yayotganlikda ayblamoqda

Tojikiston muxolif siyosatchilari va faollari, mamlakat hukumatini o‘z oila a'zolariga nisbatan odamlar to‘dasining hujumini uyushtirishda ayblamoqda. Ularning aytishicha, prezident Imomali Rahmon tomonidan boshqacha fikrlaydiganlarga qarshi kurash doirasida shunday xurujlar sodir etilmoqda.  

Rasmiy Dushanbe bunga aloqasi yo‘qligini ta'kidlab, surishtiruv ishlarini o‘tkazishga va'da bermoqda.
 
Tojik hukumati o‘tgan yili Islom uyg‘onishi partiyasini noqonuniy deb e'lon qilgan va uning aksariyat rahbarlari 2015 yil sentabrida davlat to‘ntarishini amalga oshirishga urinishda ayblanib, hibsda saqlanmoqda. 

Endilikda, Imomali Rahmon tanqidchilarining so‘zlariga ko‘ra, ularning oila a'zolari mustaqil jazolash ishlarini o‘tkazayotgan bir to‘da kishilarning nishoniga aylangan. 

"Tahdidlar, bosqinchilik, o‘t qo‘yish va toshbo‘ronlar bilan hujum qilish hollari yuz bermoqda", - degan quvg‘inda yurgan TIUP rahbari Muhiddin Kabiriy, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Varshavada bo‘lib o‘tgan anjumani qatnashchilariga skayp ilovasi orqali videomurojaat qilar ekan. 

Tojikistonning rasmiy delegatsiyasi YeXHT anjumanini 23 sentabrda muxolifat vakillarining ishtirok etayotganiga norozilik sifatida tark etgan edi. 

Tojikiston IIV esa, bu kabi ehtimoliy hujumlardan aziyat chekkan kishilar tomonidan hech qanday murojaat bo‘lmagani, shunga qaramay tekshiruv ishlarini o‘tkazishini bildirgan. 

Top