Jamiyat | 16:46 / 30.09.2016
5158
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda so‘nggi uch yilda 25 ming nafar yosh mutaxassis maktablarda o‘z faoliyatini boshladi

Xalq ta'limi vazirligi tomonidan joriy yilning 29 sentabr kuni Toshkent shahar xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida 1 oktabr – “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” umumxalq bayrami munosabati bilan “O‘qituvchi – ilm va ma'rifat, ta'lim va tarbiya fidoyisi”  mavzusida ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun matbuot anjumani o‘tkazildi.

Tadbirda Xalq ta'limi vaziri o‘rinbosari D.Kenjayev, O‘zbekiston Qahramoni, Qarshi shahridagi 2-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta'lim maktab-internatining matematika fani o‘qituvchisi M.Sharapova, mutasaddi boshqarma va bo‘lim boshliqlari, turli davlat mukofotlari bilan taqdirlangan ustoz va murabbiylar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Bugun respublikamizdagi 9692 ta umumta'lim maktabida jami 385 634 nafar pedagog kadrlar faoliyat ko‘rsatadi. Tizimdagi 4916 ta maktabgacha ta'lim muassasasida 55 463 nafar, 301 ta bolalar musiqa va san'at maktablarida 11 464 nafar, 225 ta bolalar-o‘smirlar sport maktablarida 8212 nafar ustoz va murabbiylar faoliyat ko‘rsatmoqda.

Maktablarga yosh kadrlarni jalb qilish, yosh iste'dod sohiblarini ta'lim-tarbiya jarayoniga tortish masalasiga ham e'tibor qaratib kelinmoqda. Jumladan, maktablarga yosh kadrlarni jalb qilish, navqiron iste'dod sohiblarini ta'lim-tarbiya jarayoniga tortish maqsadida so‘nggi uch yilda 25 ming nafar yosh mutaxassislar maktablarda o‘z faoliyatini boshladi.
Matbuot anjumanida jurnalistlarning savollariga javob qaytarildi.
 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid