Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
WSJ: Saudiya Arabistoni OPeK bilan yashirin bitimga kelishishga uringan
OPeK mamlakatlarining Jazoirda bo‘lib o‘tgan norasmiy uchrashuviga qadar Saudiya Arabistoni Eronga maxfiy bitimni taklif etgan, deb yozmoqda The Wall Street Journal gazetasi o‘z manbalariga tayangan holda.
Uning shartlariga ko‘ra, Saudiya Arabistoni bir sutkada qazib olinadigan neft hajmini 400 ming barrelgacha qisqartirishi mumkin bo‘lgan. Buning uchun, Eron bir oylik neft qazib olish hajmini 3,6 mln barrel hajmida muzlatishi talab etilgan. Biroq, manbalarning so‘zlariga ko‘ra, Eron neft vaziri Bijan Zangane kelishuvdan bosh tortgan, chunki Tehron bu miqdorni 4,2 mln barrelga chiqarishni rejalashtirgan.
28 sentabr kuni OPeK mamlakatlari neft qazib olish miqdorini 32,5 mln barrelgacha qisqartirishga kelishib olishgan. Mamlakatlar noyabr oyidan majburiyatlarini bajarishni boshlaydi.
Mavzuga oid
22:10
Eron Tramp tahdidlaridan so‘ng muzokaralarni davom ettirishdan bosh tortdi
09:32 / 20.06.2026
Bokuda sakkiz nafar Rossiya fuqarosi qamoq jazosiga hukm qilindi
08:55 / 20.06.2026
OAV: Uitkoff Eron bilan muzokaralar uchun Shveytsariyaga yo‘l oldi
22:39 / 19.06.2026