Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
JSST Halab sharqida harbiy amaliyotlar olib borayotgan tomonlarga murojaat qildi
Suriyaning qamal ostidagi Halab shahrining sharqiy qismida davom etayotgan harbiy amaliyotlar tufayli tinch aholi vakillaridan 338 kishi, jumladan 106 nafar bola halok bo‘lgan. Shuningdek, 846 kishi jarohat olgan. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) vakili ma'lum qildi.
"Biz 4 narsani so‘raymiz: qotillikni to‘xtating, shifoxonalarga hujum qilmang, jarohatlanganlar va kasallarni qo‘yib yuboring va shunday odamlarga tibbiy yordam olish imkonlarini yaratib bering", degan tashkilotning favqulodda harakatlar va insonparvarlik yordamlari departamenti rahbari Rik Brennan.
Rossiya va Suriya hukumati harbiylari 20 sentabr kuni o‘zaro sulh buzilgani haqida ma'lum qilib (12 sentabr kuni tuzilgan sulh - tahr.), Halab ustiga yurish boshlagandi.
Brennan bironta shifoxona bir vaqtning o‘zida yuzlab yaradorlarni qabul qila olmasligini aytib o‘tgan.
U JSST bir necha hafta davomida 140000 ming kishi uchun xizmatga tayyorlangani, ammo hozirgi vaziyatda shaharda tibbiy jihozlar yetishmayotgani haqida qo‘shimcha qilgan.
Mavzuga oid
21:31 / 30.01.2026
JSST Nipah virusi xavfini past baholadi va cheklov qo‘yishni tavsiya qilmadi
18:06 / 29.01.2026
JSST O‘zbekistonni qizamiqdan xoli mamlakat maqomidan mahrum qildi
22:37 / 23.01.2026
AQSh rasman JSST tarkibidan chiqdi
17:30 / 18.01.2026