Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an Turkiyada yangi konstitutsiya qabul qilinishi zarurligini aytdi
Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning aytishicha, yaqin orada yangi turk konstitutsiyasi paydo bo‘lishi kerak.
"Biz tez fursatlarda yangi konstitutsiyani qabul qilishimiz lozim. Kamida asosiy qonunga katta ko‘lamdagi o‘zgartirishlar qabul qilish zarur", deb aytdi Erdo‘g‘an yozgi ta'tillardan keyin parlament sessiyasi ochilishida.
Erdo‘g‘anning aytishicha, u 15 iyuldagi davlat to‘ntaruviga urinishdan keyin konstitutsiyani tayyorlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ilk qadamlarni ijobiy baholaydi. "Men prezident sifatida milliy xohish asosida barcha muammolar yechimini ko‘zda tutuvchi konstitutsiyani tayyorlash bo‘yicha ishlarni qo‘llab-quvvatlayman. Men umumxalq tarzda saylangan prezident sifatida millat oldidagi javobgarligimni his qilaman", deb qo‘shimcha qildi Erdo‘g‘an.
Erdo‘g‘an avval amaldagi konstitutsiya o‘rniga yangisini tayyorlash kerakligini bir necha bor aytib o‘tgan. Amaldagi turk konstitutsiyasi 1982 yilda Turkiyada 1980 yilda sodir etilgan harbiy to‘ntaruvdan keyin qabul qilingan. Yangi konstitutsiya ustidagi ishlar iyuldagi davlat to‘ntaruviga urinishdan keyin Adolat va taraqqiyot partiyasi tashabbusi bilan boshlandi.
Mavzuga oid
18:17 / 15.06.2026
Turkiyaning zilziladan jabrlangan Hatay viloyatida O‘zbekiston mahallasi ochildi
15:55 / 13.06.2026
Turkiyada 3 kunda 4 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi
20:23 / 12.06.2026
D guruhi tanishtiruvi. Mezbon AQSh kimlar bilan o‘ynaydi?
22:23 / 08.06.2026