Ibrahimovich yevrokuboklarda 7 ta klub safida to‘p urgan uchinchi futbolchi bo‘ldi
"Manchester Yunayted" hujumchisi Zlatan Ibrahimovich Yevropa ligasi guruh bosqichining 2-turida Luganskning "Zarya" darvozasiga yagona to‘pni kiritdi hamda o‘z faoliyatidagi navbatdagi natijani o‘rnatdi. Shvetsiyalik yulduz UYeFA musobaqalarida 7 ta turli klub uchun gol urgan uchinchi futbolchi bo‘ldi. Bu haqda UYeFA rasmiy saytida ma'lum qilindi. Bunday natijaga avval ruminiyalik Adrian Mutu va norvegiyalik Jon Karyu erishgandi.
Ibrahimovich bungacha yevrokubok musobaqalarida Gollandiyaning "Ayaks", Italiyaning "Yuventus", "Inter" va "Milan", Ispaniyaning "Barselona" va Fransiyaning "PSJ" klublari uchun gol urgan. Zlatanning hisobida yevrokubok musobaqalarida hammasi bo‘lib 52 ta to‘p bor, futbolchi ulardan 49 tasini Chempionlar Ligasi, 3 tasini Yevropa ligasida kiritgan.
Mavzuga oid
16:05 / 08.11.2024
«Old Trafford»da «Amorim-bol»: Yangi murabbiy qo‘l ostidagi «MYu» qanday taktik yechimlar taqdim etadi?
12:26 / 04.11.2024
«Barsa»ni to‘xtatib bo‘lmayapti, «MYu» o‘ziga kelmoqda. Kun o‘yinlari
16:20 / 02.11.2024
«MYu»da yangi bosh murabbiy. Klub Ruben Amorimni tanlashiga 4 sabab
17:38 / 28.10.2024