Sport | 09:23 / 01.10.2016
7475
2 daqiqa o‘qiladi

Klichko menejyeri Fyurini tarixdagi eng nomunosib chempion deb atadi

Ukrainalik bokschi Vladimir Klichkoning menejyeri Bernd Bente britaniyalik bokschi Tayson Fyurini tarixdagi eng nomunosib chempion deb atadi, deb xabar bermoqda ESPN telekanali.

30 sentabrda hozirda WBA va WBO versiyalari bo‘yicha o‘ta og‘ir vazn toifasida jahon chempioni bo‘lgan Fyuri ijobiy doping-sinov topshirgan – sportchining tahlillarida benzoilekgonin aniqlangan. Bu modda kokain metaboliti bo‘lib, taqiqlangan moddalar ro‘yxatiga kiradi.

"Fikrimcha, Fyuri o‘ta og‘ir vazndagi eng nomunosib jahon chempioni bo‘lsa kerak, nafaqat bu voqealar sababli, balki antisemit, jins bilan bog‘liq izohlari sababli ham. Umid qilamanki, boks tashkilotlari o‘z qarorlarini iloji boricha tezroq qabul qiladilar, chunki Vladimir yil oxirigacha jang o‘tkazmoqchi. Unda Fyuri sababli faoliyatida uzoq vaqtdan beri hech narsa ro‘y bermadi va u yil oxirigacha albatta ringga ko‘tarilmoqchi", deb aytdi Bente.

24 sentabrda Fyurining Klichko bilan o‘tkazadigan revansh jangi yana boshqa muddatga ko‘chirilishi ma'lum bo‘ldi. 29 oktabrda o‘tishi kerak bo‘lgan jangning bekor qilinishiga britaniyalikning ringga tibbiy qarshi ko‘rsatmalar tufayli chiqa olmasligi sabab bo‘lgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid