
Las-Vegasdagi «Ti-Mobayl» arenasidagi boks oqshomining asosiy to‘qnashuvida og‘ir vazn toifasida WBC kamari sohibi, 33 yoshli britaniyalik yengilmas bokschi Tayson Fyuri (32-0-1, 22 KO) va amerikalik sobiq jahon chempioni (WBC), 35 yoshli Deontey Uaylder (42-2-1, 41 KO) o‘rtasida uchinchi revansh-jang bo‘lib o‘tdi.
Jang 11 raundda Tayson Fyuri ijrosidagi nokaut bilan yakun topdi.
Uchinchi raunddayoq Deondey Uaylder nokdaun holatiga tushgandi, ammo u sanoq oxirida o‘rnidan tura oldi, to‘rtinchi raundda esa sensatsion ravishda Tayson Fyurining o‘zi ikki marta nokdaun holatiga tushdi.


Shundan keyin tomonlar ehtiyotkorlikni saqlagan holda jang olib borishdi, ammo amerikalik bokschining kuchi tugab bordi va britaniyalik bokschi jangning yakuniy raundlarida ustunlikni qo‘lga oldi. 11-raundga kelib esa raqib nokaut holatiga tushirildi.


Tayson Fyuri hisobida 32 jang va shundan 31 g‘alaba (22 nokaut), bir jang durang bilan yakunlangan. Deontey Uaylder professional faoliyatida 45 marta ringga chiqib, 41tasida nokaut bilan g‘alaba qozongan, bir durang qayd etgan va ikki mag‘lubiyat — ikkisi ham Fyuri bilan janglarda.
















