Örtaga WBC kamari tikilgan jangda Tayson Fyuri muddatidan avval ğoliblikni qölga kiritdi. Qayd etiş kerakki, jangdan avval Fyurining vazni Uayldernikidan 19,4 kg oğirroq çiqqandi.
Jang töliq Fyuri ustunligida keçdi.

Uaylder uçinçi va beşinçi raundlarda nokdaun holatiga tuşib qoldi.

Tyson Fury drops Deontay Wilder 👀 pic.twitter.com/Y9sTaCHfdA
— b0xingfan (@b0xingfan) February 23, 2020
Yettinçi raundga kelib Fyurining ketma-ket zarbalaridan keyin amerikalik boksçining sekundantlari ringga oq soçiq taşlaşgaç, referi jangni töxtatdi.

Tyson Fury you absolute #LEGEND.pic.twitter.com/wpGrMLKREQ
— Darren of Plymouth 🇬🇧 (@DarrenPlymouth) February 23, 2020
Şu tariqa Tayson Fyuri WBC kamari uçun jangda ğolib böldi va The Ring jurnali talqini böyiça böş turgan çempionlik kamarini qölga kiritdi.

Bu uşbu sportçilarning ikkinçi özaro jangi edi. Ular birinçi marta 2018 yil 1 dekabrida muştlaşişgan, 12-raundlik jang davomida Fyuri ustunlik qilgan, ammo sönggi raundda Uaylder raqibini ikki bor nokdaun holatiga tuşirib, durang natijaga erişgan hamda jahon çempionligi kamarini himoya qilgandi.











