Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda bir yoshli bola to‘pponchani o‘ynash oqibatida halok bo‘ldi
AQShning Makdono shahrida (Jorjiya shtati) bir yoshli bolakay boshiga o‘q uzilishi oqibatida halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda mahalliy politsiyaga iqtibos keltirgan holda Henry Herald nashri.
Ma'lumotlarga ko‘ra, bola uyida 3 yoshli akasi bilan birga bo‘lgan va ulardan biri oilaning katta a'zolariga tegishli bo‘lgan to‘pponchani qo‘liga olgani va undan o‘q uzib yuborgani taxmin qilinmoqda.
"Tergov olib borilmoqda, biz voqea tafsilotlarini o‘rnatmoqdamiz", deb aytdi okrug politsiyasi vakili Mayk Irland.
Uning aytishicha, uyda bo‘lgan kattalar nima yuz berganini ko‘rishmagan va faqatgina o‘q ovozini eshitishgan. Shundan keyin ular qutqaruv xizmatiga qo‘ng‘iroq qilishgan.
Mavzuga oid
22:46 / 27.05.2026
Tramp Eron bilan muzokaralardan norozi va zarbalarning qayta boshlanishiga ishora qildi
20:26 / 27.05.2026
Zelenskiy Trampga xat yozib, Ukrainani Rossiya raketalaridan himoya qilishni so‘radi
10:25 / 27.05.2026
AQSh kelishmoqchi, Eron o‘ylanyapti, Isroil asabiylashmoqda
09:55 / 27.05.2026