Karlaylda bölib ötgan Pensilvaniya mudofaa va innovatsiya sammitida nutq sözlagan Tramp uning ma’muriyati AQŞ yöllaridan noqonuniy musofir yuk maşinasi haydovçilarini olib taşlaş ustida iş olib borayotganini ma’lum qildi. Prezidentga köra, immigrant trak haydovçilari bugun narkotik moddalar ta’sirida yoki alkogol iste’mol qilgan holda asosiy yöllarni egallab olgan, yuk maşinalarini haydab yuribdi. Buning oqibatida esa köplab amerikaliklar yöllarda jon bermoqda.
“Mening ma’muriyatim tarixiy çoralarni köradi, çunki ba’zi haydovçilar yöl belgilarini ham öqiy olmaydi. Ularning köpçiligi giyohvand moddalar yoki alkogol ta’sirida yuradi. Biz ularni olib taşlaymiz, keyin esa faxriylar öqitilib, yuk taşiş işlariga ötkaziladi”, deydi AQŞ prezidenti.
Oq uy hali bunday dastur qanday işlaşi haqida tafsilotlarni e’lon qilmadi. Jumladan, faxriylardan federal yoki ştat test talablariga javob berişlari talab qilinadimi yoki yöqligi ham ma’lum emas.
Trampning e’loni yuk maşinalari haydovçilari uçun qonuniy talablar oşayotgan bir onda berildi.
AQŞ matbuotiga köra, taklif xizmat davomida oğir yuk maşinalari yoki şunga öxşaş transport vositalarini boşqariş tajribasiga ega bölgan amerikalik harbiy faxriylariga nisbatan qöllaniladi.
Çunki prezident öz nutqida oğir yuk maşinasini boşqargan har qanday faxriy avtomatik ravişda tijorat haydovçilik guvohnomasini oliş huquqiga ega böladi, deb aytgan.
Amaldagi federal qoidalar allaqaçon ştatlarga harbiy xizmatçilar va malakali harbiy haydaş tajribasiga ega faxriylar uçun testlarning ayrim talablaridan voz keçiş imkonini beradi. Tramp faxriylar uçun litsenziyalaş jarayoniga özgartirişlar kiritişni taklif qildi, ammo aniq talablar va taklif mavjud federal dasturlardan qanday farq qilişi hali batafsil bayon qilinmagan.
Eslatib ötamiz, yaqindagina AQŞning Ohayo ştati Kolumbus şahrida özbekistonlik haydovçi öz boşqaruvidagi yuk maşinasida YTH sodir etgandi. Avariya oqibatida 21 yoşli kollej öquvçisi Tobi Forsayt halok bölgan. AQŞ mediasi haydovçi dalillarni yaşirişga uringanini yozdi. Şuningdek, OAVda immigrant haydovçilarni deb köp sonli amerikaliklar jon berayotgani yoritildi.













