«Manchester Siti» mavsumdagi ilk mag‘lubiyatini «Tottenhem»dan qabul qilib oldi

Angliya chempionatining 7-turi doirasida «Tottenhem Hotspur» turnir jadvali peshqadami bo‘lib turgan «Manchester Siti»ni qabul qildi.
O‘yinning 9-daqiqasida Aleksandar Kolarov o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi, 37-daqiqada esa Dele Alli hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirdi. 65-daqiqada «shporlar» futbolchisi Erik Lamela penaltini aniq amalga oshira olmadi va o‘yinda hisob o‘zgarmay qoldi.
Shu tariqa, «shaharliklar» Hosep Gvardiola boshchiligidagi rasmiy o‘yinlardagi ilk mag‘lubiyatini qabul qildi va APLning joriy mavsumida ilk marta ochko yo‘qotdi.
Turning yana bir uchrashuvida amaldagi chempionlar hisoblanmish «Lester Siti» «Sauthempton»ni qabul qildi. Uchrashuvda 0:0 hisobidagi durang qayd etildi.
Ayni vaqtda turnir jadvalida «Manchester Siti» 18 ochko bilan peshqadam, ikkinchi o‘rinda 16 ochko bilan «Liverpul», «Tottenhem» hisobidagi ochkolar soni esa 14taga yetib, jamoa uchinchi o‘ringa ko‘tarilgan. «Arsenal» bu turda «Byornli»ga qarshi safar o‘yinini o‘tkazadi va o‘rinlar yana almashishi mumkin.
Angliya - Premer-liga. 7-tur
Tottenhem Hotspur (London) – Manchester Siti (Manchester) – 2:0
Gollar: Kolarov, 9 (1:0, avtogol); Alli, 37 (2:0).
Tottenhem – Loris, Alderveyreld, Rouz, Uoker, Vertongen, Sissoko (Dayyer, 72), Vanyama, Alli (Nkudu, 86), Eriksen, Lamela, Son Xin Min (Yanssen, 90).
Manchester Siti – Bravo, Stounz, Kolarov, Sabaleta, Otamendi, Silva, Fernando (Gundo‘g‘an, 53), Navas (Ixeanacho, 65), Fernandino, Sterling (Sane, 87), Aguero.
Amalga oshirilmagan penalti: Lamela, 65 – yo‘q.
Ogohlantirishlar: Vanyama, 30; Rouz, 42 – Otamendi, 20; Sterling, 56.
Lester Siti (Lester) – Sauthempton (Sautgempton) – 0:0
Ogohlantirish: Marez, 54 – yo‘q.
Tavsiya etamiz
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Olti muloqot, natija nol. Ukraina yolg‘iz qoladimi?
Jahon | 13:10
-
«Real» – «Borussiya» o‘yinida drama: qo‘shimcha daqiqalarda uchta gol urildi
Sport | 11:26
-
“Sun’iy intellekt bizni ishsiz qoldirmaydi, lekin...” - AQShdagi o‘zbek tadqiqotchisi bilan suhbat
O‘zbekiston | 11:10
-
«PSJ» 9 kishi bo‘lib «Bavariya»ni klublar mundialidan chiqarib yubordi
Sport | 09:30
Mavzuga oid

12:21 / 01.07.2025
Klublar mundialida sensatsiyalar kuni. «Siti» va «Inter» turnirdan chiqarib yuborildi

11:59 / 27.06.2025
Vinisius «Real»ni birinchi o‘rinda olib chiqdi, «Siti» «Yuventus»ga 5 ta gol urdi

10:10 / 23.06.2025
«Manchester Siti» «Al-Ayn»ni mag‘lub etdi. Abduqodir Husanov 61 daqiqa o‘ynadi

20:39 / 28.05.2025