Jahon | 15:22 / 03.10.2016
4576
1 daqiqa o‘qiladi

Atambayev Qirg‘iziston taraqqiyotining strategik maqsadlariga diqqatni qaratishga chaqirdi

Qirg‘iziston yetakchisi Almazbek Atambayev 3 oktabr, dushanba kuni prezident apparati rahbari Farid Niyazov bilan uchrashuvi chog‘ida mamlakat taraqqiyotining strategik maqsadlariga diqqatni qaratishga chaqirdi. 

"Qirg‘izistonning rivojlanishida uzoq muddatli maqsadlarga erishishga yo‘naltirilgan strategik vazifalarni amalga oshirishni ta'minlash zarur", - dedi prezident. 

Davlat rahbarining matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Niyazov prezidentga respublika yetakchisining topshiriqlarini bajarish va boshqa davlat idoralari bilan hamkorlik qilishga doir ishlar haqida bayonot berdi. 

Shuni ta'kidlash joizki, so‘nggi ikki hafta ichida Atambayev mamlakatda bo‘lmagan. 19 sentabrda Qirg‘iziston prezidenti tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun qisqa muddatga mamlakatni tark etgan. Ahvoli yaxshilangach, unga shifoxonadan ruxsat tekkan va Atambayev shanba kuni vataniga qaytgan.

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid