Jamiyat | 15:00 / 03.10.2016
11735
2 daqiqa o‘qiladi

Bu yilgi Nobel mukofotining ilk g‘olibi nomi e'lon qilindi

2016 yil uchun tibbiyot bo‘yicha Nobel mukofoti sohiblari nomi ma'lum bo‘ldi.

Yaponiyalik biolog Yosinori Osumi tibbiyot va fiziologiya bo‘yicha 2016 yilgi Nobel mukofoti sohibi bo‘ldi. Unga hujayralar autofagiyasi (o‘zini yeyishi) bo‘yicha tadqiqotlari uchun mukofot berilgan.

«Bu kashfiyotlar hujayralar o‘z tarkibini qanday utilizatsiya qilishi bo‘yicha tushunchalarimizga yangi paradigma olib kirdi. Osumining kashfiyotlari autofagiyaning ko‘pgina fiziologik jarayonlar, jumladan, ochlikka moslashish va infeksiyalarga javob berishdagi muhim o‘rnini tushunishga yo‘l ochib berdi», — deyiladi Nobel qo‘mitasi xabarnomasida.

Bu haqda bugun Stokgolmda Karolina tibbiyot instituti qoshidagi Nobel qo‘mitasida ma'lum qilindi.

Alfred Nobel sharafiga ta'sis qilingan mukofotning asosiy taqdirlash marosimi 10 dekabr kuni Stokgolmda bo‘lib o‘tadi.

Nobel mukofoti laureatlarining har biriga 2016 yilda 8 million shved kronasi beriladi (932 ming dollar).

 

Mavzuga oid