Sport | 23:32 / 03.10.2016
5616
1 daqiqa o‘qiladi

Fancy Bears xakerlik guruhi WADA hujjatlarining 6-qismini internetga joylashtirdi

Fancy Bears xakerlik guruhi Butunjahon aksildoping agentligi WADA hujjatlarining 6-qismini internetga joylashtirdi.

Undagi ma'lumotlar turli davlatlar: Argentina, Avstraliya, Braziliya, Kanada, Kolumbiya, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Yangi Zelandiya, Shvetsiya, Venesuela, JAR va AQShdan 20 nafar sportchiga taalluqlildir.

Fancy Bears dunyo miqyosidagi sportchilar tomonidan WADA ruxsati bilan doping qabul qilinishi haqidagi ma'lumotlarni muntazam internetga joylashtirmoqda. Jumladan, hujjatlarda tennischilar Rafael Nadal, amerikalik opa-singil tennischilar Serena va Vinus Uilyams, gimnastikachi Simona Baylz nomlari keltirilgan.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid