Rossiya prezidenti Vladimir Putin Butunjahon antidoping agentligining (WADA) rossiyalik sportçilarni katta musobaqalardan 4 yilga çetlatiş haqidagi qaroriga izoh berdi.
Avvalroq WADA Moskva antidoping laboratoriyasi ma'lumotlari bilan manipulyatsiya qilingani sababli, Rossiya milliy jamoasini şu tarzda jazolagan edi.
«Bu qarorni nafaqat adolatdan emas, balki soğlom aqlga va huquqqa ham zid deb hisoblayman. Nega? Çunki rossiyalik sportçilarni neytral bayroq ostida iştirok etişi haqidagi qaror avvalgi Olimpiadada ham qabul qilingan edi. Endi yana şunday qaror qabul qilinmoqda. Dunyoning heç bir huquqiy tizimi va insoniyat tarixida bunaqasi bölmagan va umid qilamanki bölmaydi.
Har qanday jazo individual bölişi kerak. Agar kimdir qoidani buzgan bölsa, uni jazolaş tabiiy va adolatli böladi. Agar köpçilik sportçilarimiz toza bölsa, qanday qilib boşqalarning xatosi tufayli ularni jazolaş mumkin?» — dedi Putin katta matbuot anjumanida.
Eslatib ötamiz, yaqinda WADA rossiyalik sportçilarni Olimpiada va jahon çempionatlarida öz bayroği va madhiyasi bilan iştirok etişdan 4 yilga mahrum qildi. Şuningdek, jahon çempionati va boşqa katta musobaqalar ham Rossiyada ötkazilmaydigan böldi.








