«Normand şakli»dagi muzokaralardan söng, Parijda bölib ötgan matbuot anjumanida Rossiya prezidenti Vladimir Putin Butunjahon antidoping agentligi (WADA) ijroiya qömitasining rossiyalik sportçilarni tört yil muddatga barça yirik xalqaro musobaqalarda iştirok etişdan çetlatiş töğrisidagi qaroriga izoh berdi.
Putin bu qarorni Olimpiya xartiyasiga zid deb atadi, sababi WADA ijroiya qömitasi tomonidan qöllanilgan jazo «jamoaviy xarakterga ega» hamda bu xartiya bilan taqiqlangan. Şunga köra, Putin Sport arbitraj sudiga WADA qarori böyiça şikoyat bilan çiqişga asos bor, deb hisoblaydi.
«Rossiya Milliy olimpiya qömitasiga heç qanday e'tirozlar yöq. Agar unga e'tiroz bölmasa, unda mamlakat öz milliy bayroği ostida iştirok etişi kerak. Olimpiya xartiyasida şunday yozib qöyilgan. Bu WADA qarori Olimpiya xartiyasiga zid ekanligini anglatadi. Bizda CAS’ga, sudga şikoyat qiliş uçun barça asoslar bor», - dedi Putin.
Eslatib ötamiz, 9 dekabr kuni WADA ijroiya qömitasi Rossiyani tört yilga yirik xalqaro musobaqalarda iştirok etiş huquqidan mahrum qildi.
Qayd etilişiça, bularga - Olimpiya öyinlari va jahon çempionatlari kiradi. Şuningdek, Rossiya Federatsiyasi davlat xizmatçilarining xalqaro sport tadbirlariga borişi taqiqlandi.
Xabarda aytilişiça, WADA Rossiya davlat xizmatlari va Rossiya olimpiya qömitasi hamda Rossiya paralimpiya qömitasi rahbariyatiga şunday taqiq joriy etdi.








