Sport | 20:51 / 03.10.2016
8496
1 daqiqa o‘qiladi

"Formula-4" poygachisi darg‘azab raqibidan styuardlar tomon qochib ketdi

Internetda "Formula-4" avtopoygasining Germaniyaning Xokkenxaymring trassasidagi poygasi vaqtida avariyaga sababchi bo‘lgan poygachi Oliver Zederstromning raqibi qasosidan qochayotgani videosi ommalashmoqda.     
  
Zederstrom burilishlardan birida boshqaruvni eplay olmay, avariyani keltirib chiqardi. Avariyaning ikkinchi ishtirokchisi Robin Brezina bo‘ldi.

Brezina avariya sababchisi bilan gaplashib qo‘yish maqsadida raqibi bolidi tomon tashlandi. Zederstrom raqibining g‘azabini ko‘rib, qocha boshladi va styuardlar qurshovidagina o‘zini xavfsiz his qildi.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid