Nayrobida hukumat avtomobili britaniyalik fuqaroni urib ketdi. Oqibatda jabrlanuvçi vafot etdi, deb xabar bermoqda The Guardian naşri.
79 yoşli Edgar Çarlz Frederik Keniyada yaşovçi singlisi va jiyanini körişga borgandi. U Keniya poytaxtidagi ommaviy tadbirga ketayotganida, prezident Uilyam Rutoning korteji gavjum markaziy köçada yuqori tezlikda harakatlangan.
Maşinalardan biri britaniyalikni urib yuborgan. Voqeadan söng avtomobil töxtamasdan yölni davom ettirgan. Erkak boşidan oğir jarohat olib, hayotdan köz yumgan.
Haydovçi hibsga olindi, biroq öşa kuniyoq garov evaziga qöyib yuborildi. Politsiyaning tuşuntirişiça, Keniyada prezident korteji xavfsizlik nuqtayi nazaridan tez-tez yuqori tezlikda harakatlanadi.
Avvalroq Keniyadagi qişloqqa osmondan yarim tonnalik metall halqa qulab tuşgandi. Jism raketa bölagi ekani taxmin qilindi. Halqa qulaşi oqibatida mahalliy aholiga zarar yetmagan.
















