AQŞning Indiana ştatida 41 yoşli ayol maşinasi bilan jarlikdan qulab tuşdi. Olti kun davomida jarohatlar bilan maşinada qolib ketgan ayolni tasodifan topib olişdi, deb xabar bermoqda ABC News.

Drenaj va tuproq işlari bilan şuğullanuvçi erkak jarlik yonidan ötayotganda ayolning maşinasini payqab qolgan. U darhol rahbariga qönğiroq qilgan va ular birgalikda avtomobilni tekşirib, içidan jabrlanuvçini topişgan.

Ayol huşida edi. U kimdir uni topib olişidan butunlay umid uzganini aytadi. Jabrlanuvçini Çikagodagi şifoxonaga olib borişdi. Şifokorlar uning ahvoli oğir ekanini ma’lum qildi. Ayolning oyoqlari va bilagi jiddiy şikastlangan.

Ma’lum bölişiça, jabrlanuvçi rulda uxlab qolib, maşina yöldan çiqib ketgan va köprik ostidagi ariqqa qulagan. Uning telefoni yölovçi örindiği ostiga tuşib, quvvati tugagan. Ayolning tirik qolişiga egnidagi kurtkasi yordam bergan. U kurtkani maşina tiqilib qolgan ariqdagi suvga botirgan va matoga şimilgan suvni siqib içgan.

Mahalliy şerif jabrlanuvçini topgan erkakni qahramon deb atadi. Agar u maşinani payqamaganida, voqea ayançli tugaşi mumkin edi.

Avvalroq Xitoy toğlarida adaşgan 18 yoşli sayyoh tiş pastasini yeb omon qolgandi.