O‘zbekiston | 21:29 / 03.10.2016
16156
1 daqiqa o‘qiladi

Marg‘ilonda yangi mehmonxona ishga tushdi

Marg‘ilonda “Adraslar uyi” mehmonxonasi faoliyat boshladi. 

Usta hunarmand Ibrohim Asqarov tashabbusi bilan bunyod etilgan mehmonxona sharqona va zamonaviy me'morlik an'analarini o‘zida mujassam etgan. Unda sayyohlar uchun sifatli va zamonaviy servis xizmati ko‘rsatish uchun barcha sharoit yaratilgan. Mehmonxonada, shuningdek, adras va atlas matolari savdosi yo‘lga qo‘yildi.

Tashrif buyuruvchilar ushbu milliy mahsulotlarning tayyorlanish jarayoni, tarixi bilan tanishishi mumkin. 

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid