Jahon | 21:35 / 04.10.2016
20643
1 daqiqa o‘qiladi

Asad G‘arb Suriyaning g‘alabasidan nega qo‘rqishini aytdi

Suriya prezidenti Bashar Asad G‘arb nima uchun hozirgi vaziyatda hukumat g‘alabasini istamasligi borasidagi fikrini bildirib o‘tdi. Uning qayd etishicha, kelajakdagi Suriya dunyo xaritasini o‘zgartiradi.

"Suriyaning g‘alabasi mintaqada mustaqil taraqqiyot g‘oyalari yoyilishiga olib keladi. G‘arb aynan shu hodisa ro‘y berishidan qo‘rqadi", deya Asadning so‘zlarini keltirgan Eronning SANA agentligi.

U shuningdek, Suriyadagi voqealar dunyoning siyosiy xaritasiga jiddiy ta'sir ko‘rsatishi haqida aytgan.

Bundan oldinroq, Bashar Asad ma'lum shartlar evaziga jangarilar bilan muloqotga kirishishga tayyorligini bildirgani xabar qilingandi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid