Sport | 11:35 / 04.10.2016
5784
1 daqiqa o‘qiladi

Infantino JCh ishtirokchilari sonini oshirish haqidagi taklifini izohladi

FIFA prezidenti Janni Infantino jahon chempionatida ishtirok etuvchi terma jamoalar sonini 48 tagacha oshirish zarurati haqida yana bir bor chiqish qildi.

U Bogota universitetidagi nutqida mundial ishtirokchilari sonini ko‘paytirish haqida avvalroq aytgan taklifiga izoh berib o‘tdi. 

"Bizda hozir shakllantirilayotgan va 2017 yilda muhokama qilinadigan g‘oyalar bor. Eng yaxshi qarorni tanlash kerak. Dastlabki muhokamalar bo‘lib o‘tdi, qolganini esa keyingi yilda hal qilamiz.

16 ta jamoa jahon chempionatining guruh bosqichiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanma oladigan, qolgan 32ta jamoa esa mundialni qabul qilayotgan davlatda bo‘lib o‘tadigan dastlabki pley-off bosqichida o‘ynaydigan variant bor", deya Infantinoning so‘zlarni keltirib o‘tdi Telegraph nashri.

Manba: Tribuna.uz

Azamat Murodov
Tayyorlagan Azamat Murodov
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid