Jahon | 14:57 / 04.10.2016
5063
2 daqiqa o‘qiladi

Assanj WikiLeaks 10 yilligida yangi sirlarni ochadi: Uning hayotiga «Klinton dronlari» tahdid solganmi?

AQSh prezidentligi uchun Demokratik partiya nomzodi Hillari Klinton AQSh Davlat departamenti rahbari bo‘lib ishlagan vaqtlarida WikiLeaks asoschisi Julian Assanjga nisbatan dronlar yordamida maxsus amaliyot o‘tkazish rejasini muhokama qilgan. Bu haqda, maxfiy ma'lumotlarni oshkor qiluvchi internet sayti Twitter sahifasida yozmoqda

Assanj saytning 10 yilligi munosabati bilan o‘z bayonotini Ekvadorning Londondagi elchixonasi balkonidan o‘qib berish niyatida bo‘lgan. Biroq, keyinroq, maxfiy davlat sirlarini fosh etuvchi xavfsizlik nuqtai-nazaridan oshkora chiqish qilish rejasidan qaytgan. 

WikiLeaks xabarida aytilishicha, Hillari Klinton davlat kotibi bo‘lgan kezlarda, Qo‘shma Shtatlarga tegishli 250 ming sahifali maxfiy ma'lumotlarning Assanj saytida chiqishiga yo‘l qo‘ymaslikka uringan. Xususan, Davlat departamenti Assanjga dron yordamida hujum qilish ehtimolini ham muhokama qilgan, deb yozmoqda WikiLeaks sayti Amerikaning True Pundit internet-nashriga asoslangan holda.

Ta'kidlanishicha, aynan Hillari Klinton shunday amaliyot o‘tkazish g‘oyayasini ilgari surgan. 

«Shu bolaga shunchaki dron yordamida hujum qilsa bo‘lmaydimi?» — deya Klinton gaplaridan iqtibos keltirgan True Pundit Davlat departamentidagi manbasiga tayangan holda. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid