Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kremlda Rossiya terrorchilikka qarshi kurash bo‘yicha Suriya bilan hamkorlikni davom ettirishi ma'lum qilindi
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya Suriya qurolli kuchlari bilan terrorchilikka qarshi kurash bo‘yicha hamkorlikdan voz kechmasligini aytdi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.
"Istalgan vaziyatda AQShning Suriya ishlari bo‘yicha biz bilan muloqotdan chiqishi, albatta Suriyadagi vaziyatni ancha murakkablashtiradi", deb aytdi Peskov.
Peskovning aytishicha, AQShning Suriya bo‘yicha aloqalardan chiqishi terrorchilar va o‘rtamiyona muxolifatni bir-biridan ajratishning ilojsizligiga olib keldi.
"Biroq bu Rossiya terrorchilikka qarshi kurash va Suriya qurolli kuchlariga ularning aksilterrorchilik ishida ko‘mak ko‘rsatish rejalaridan voz kechmoqchi ekanligini anglatmaydi", deb aytdi Peskov.
Mavzuga oid
17:15 / 07.03.2026
Qozog‘istonda «Pervyy» va boshqa Rossiya telekanallari namoyishi to‘xtatildi
14:47 / 07.03.2026
Orban “Drujba” quvuri ta’miri tugamaguncha Ukrainaga yordamni to‘sib qo‘yadi
14:29 / 07.03.2026
“300 ga 300”: Ukraina va Rossiya harbiy asirlar almashdi
11:23 / 07.03.2026