Jahon | 20:00 / 04.10.2016
6880
2 daqiqa o‘qiladi

Saudiya Arabistoni Fors ko‘rfazida katta miqyosdagi harbiy mashg‘ulotlarni boshladi

Saudiya Arabistoni harbiy-dengiz kuchlari 4 oktabrda Fors, Ummon ko‘rfazlari va Ormuz bo‘g‘ozida katta miqyosdagi "Ko‘rfaz qalqoni-1" harbiy mashg‘ulotlarini boshladi, deb ma'lum qildi Saudiya Arabistonining  "Al-Axboriya" telekanali.

Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, mashg‘ulotlarda kemalar, katerlar, samolyotlar va Saudiya Arabistoni Sharqiy floti maxsus kuchlari ishtirok etmoqda. 

Mashg‘ulotlar qo‘mondoni, flot admirali Majid al-Kaxtaniyning aytishicha, mashg‘ulotlar qirollikning sharqiy floti Fors va Ummon ko‘rfazlarida o‘tkazayotgan eng 
yirik mashg‘ulotlardan biri bo‘ldi.

Uning aytishicha, harbiy manyovrlar harbiy-dengiz operatsiyalarining barcha turlarini, jumladan suv osti operatsiyalari, minalarni bartaraf etish va "elektron urush"ni qamrab olgan. 

"Mashg‘ulotlardan maqsad – Saudiya Arabistoniga istalgan tajovuzga qarshi harbiy-dengiz kuchlarining jangovor tayyorgarligi, bo‘linmalar va harbiy xizmatchilar mahoratini oshirish, ularni Saudiya Arabistonining dengizdagi manfaatlarini himoyalashga tayyorlashdan iborat", deb aytdi al-Kaxtaniy.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid