Jahon | 16:52 / 04.10.2016
4934
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiyada 13 mingga yaqin politsiya xodimi ishdan bo‘shatildi

Turkiya hukumati 12,8 ming politsiya xodimini ishdan bo‘shatgan. Bu haqda 4 oktabr kuni CNN Turk xabar bergan.

Ular Fathulloh Gulen nazorati ostidagi tuzilma va tashkilotlar bilan aloqadorlikda gumon qilingan. Ulardan 2,5 ming nafari rahbar lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Joriy yilning 15 iyul kuni Turkiyada davlat to‘ntarishga harakatdan so‘ng mamlakatda yalpi tozalash ishlari boshlandi. Hukumat, davlat boshqaruvi, sud, ta'lim sohasi muassasalarida, armiya va maxsus xizmatlarda o‘n minglab amaldor va xodimlar ishdan bo‘shatildi. Shu bugunga qadar hibsga olinganlar soni 32 ming nafardan oshgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid