Fan-texnika | 10:08 / 05.10.2016
4133
1 daqiqa o‘qiladi

Boeing kompaniyasi Marsni zabt etishda SpaceX’ni ortda qoldirmoqchi

Boeing kompaniyasi rahbari Dennis Muilenberg Marsga odamlarni yetkazishda Ilon Mask kompaniyasi SpaceX’dan o‘zib ketmoqchi. Bu haqda Bloomberg axborot agentligi xabar bermoqda.  

"Men ishonamanki, Marsga qadam qo‘yadigan birinchi odam u yerga Boeing raketasida yetkaziladi", deb aytdi Muilenberg 4 oktabrdagi anjumanda.  

Bundan tashqari, kompaniya rahbari fazo parvozlarining tijoratlashtirishini bashorat qildi. Uning aytishicha, bunday parvozlar ikki soatdan kamroq vaqt ichida qit'alararo parvozlarni amalga oshirishga imkon beradi. Muilenberg koinot turizmi yaqin 20 yillar ichida rivojlanib ketishini aytmoqda. Uning ta'kidlashicha, Xalqaro koinot stansiyasi sayyohlar uchun o‘nlab mehmonxonalarga ega bo‘la olishi mumkin. 

Boeing rahbarining aytishicha, kompaniya sayyohlar uchun yangi avlod koinot kemalarini yaratmoqchi.
 

Mavzuga oid