Sport | 19:12 / 05.10.2016
5528
1 daqiqa o‘qiladi

Bundesliganing sobiq futbolchisi 793 kg marixuana bilan qo‘lga tushgani uchun sudlanadi

Foto: twitter.com

«Kayzerslautern» jamoasi safida Bundesliga ishtirokchisi bo‘lgan sobiq futbolchi Marselo Plechni 793 kilogramm marixuana saqlagani uchun sud kutmoqda. Bu haqda ESPN xabar tarqatgan.

40 yoshli braziliyalik futbolchi 2015 yilning noyabrida hibsga olingan, uning uyidan deyarli 800 kilogramm taqiqlangan modda topilgan. 

Bu ish bo‘yicha sud Kaskavel shahrida bo‘lib o‘tadi.

«Men taajjubdaman. Balki, u kerak bo‘lmagan vaqtda kerak bo‘lmagan joyda bo‘lgani uchun qo‘lga olingandir», –deya munosabat bildirgan uning sobiq jamoadoshi Mixael Klinkert.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid