4 aprel, yakşanba kuni futbol böyiça Germaniya çempionatida muddatidan avval çempion aniqlandi. Bundesliga tarixida 34-marta Myunxenning «Bavariya» klubi ğolib böldi.
Myunxenliklar 32-turda «RB Leypsig» bilan durang öynadi – 3:3, u huştak çalinişiga bir neça soniya qolganida tom ma’noda ğalabani boy berdi. Biroq çempionlik uçun kuraşgan yagona raqib «Bayyer» ham «Frayburg»ni mağlub eta olmaganidan söng oçko yöqotdi, bu öyin 2:2 hisobida yakunlandi. Natijada, «Bavariya» çempionat tugaşiga ikki tur qolganida «Bayyer»dan 8 oçkolik farq bilan oldinda bormoqda.
Şu tariqa myunxenliklar qasos oldi – ötgan yili, 2024 yilda aynan «Bayyer» uning Bundesligadagi 11 yillik ğalabalar seriyasini töxtatgan edi. Öşanda leverkuzenliklar tarixda ilk bor Germaniya çempionligini qölga kiritdi.
«Bavariya»ning ğalabasi myunxenliklarning 31 yoşli ingliz hujumçisi Harri Keyn uçun alohida voqea böldi. Bungaça u özining 14 yillik faoliyati davomida professional darajada heç qaçon jamoaviy titulni qölga kiritmagandi, bu esa muxlislarning uning la’natlangani haqida hazil qilişlariga sabab bölgan.

















