Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pokiston OAVda O‘zbekiston Prezidentlik sayloviga tayyorgarlik keng yoritilmoqda
Pokistonning Lead Pakistan gazetasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligi uchun saylovlarga bag‘ishlangan maqolani chop etgan. Uning muallifi, O‘zbekistonda 2014 yilgi parlament saylovida xalqaro kuzatuvchi sifatida ishtirok etgan, Defense Journal jurnali geosiyosat masalalari bo‘yicha bo‘limi mudiri Mahmud Ul Hassan Xondir.
Maqolada qayd etilishicha, O‘zbekistonda demokratik qadriyatlar o‘zining asl qiyofasida namoyon bo‘lgan, deya xabar qilmoqda jahonnews.uz sayti.
«Mamlakatda fuqarolarning barcha huquq va erkinliklari ta'minlanadi, olib borilayotgan islohotlar esa, ijtimoiy yo‘naltirilgan bo‘lib, odamlar farovonligini oshirishga qaratilgan», -deb yozadi muallif.
Gazetada yozilishicha, ayni vaqtda O‘zbekistonda prezidentlik saylovi uchun faol tayyorgarlik jarayoni ketmoqda. Ta'kidlanishicha, MSK saylovlarni tashkil etish va o‘tkazish amaliyotini shaffoflik va oshkoralik qoidalariga muvofiq o‘tkazadi.
«O‘zbekistonda ham boshqa demokratik davlatlarda bo‘lgani kabi xalq davlat boshqaruvi organlaridagi vakillarini bevosita ovoz berish yo‘li bilan saylaydi, - deb yozadi muallif. – Siyosiy partiyalarga esa, saylovlarda ishtirok etishlari va saylovchilar bilan uchrashuvlarini tashkil etishi uchun teng va bir xil imkoniyatlar taqdim etiladi».
Pokiston gazetasi o‘quvchilari e'tiborini O‘zbekistondagi har bir siyosiy partiya ovoz berish uchastkasida o‘z kuzatuvchisini qo‘yish huquqiga ega ekanligiga qaratgan.
Lead Pakistan nashrining xulosa qilishicha, O‘zbekistonda saylovlar jarayonini kuzatish maqsadida keluvchi xalqaro kuzatuvchilar va nohukumat tashkilotlar vakillari uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Ularning prezidentlik saylovlari monitoringida faol qatnashuvi, deb yozadi muallif, O‘zbekistondagi saylov jarayonining adolatli, erkin va shaffof o‘tishini mustahkamlaydi.
Mavzuga oid
10:15 / 17.06.2026
O‘zbekistonda 10 yoshdan katta aholining qariyb barchasi mobil telefon ishlatadi
23:44 / 13.06.2026
Turkiyada qo‘lga olingan xalqaro qidiruvdagi ikki shaxs O‘zbekistonga qaytarildi
09:05 / 13.06.2026
Pokiston: AQSh va Eron kelishuv matni bo‘yicha kelishib oldi
17:54 / 10.06.2026