Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Mo‘sulga hujum qilish maqsadida baza qurilishini boshlab yubordi
Amerikalik harbiylar IShID terrorchilik guruhi nazorat qilib turgan Iroqning Mo‘sul shahriga hujum qilishda tayanch bo‘ladigan baza qurilishini boshlab yuborishdi. Bu haqda 6 oktabr kuni Milliyet nashri xabar bergan.
Muhofaza punktlari Mo‘suldan 15 km. uzoqlikda bo‘ladi va hujum qiluvchi kuchlar uchun o‘ta muhim strategik vazifani o‘taydi. Kutilganidek, amerikalik jangchilar 10 oktabrdan so‘ng hujumga o‘tishadi.
Kurd komandirlaridan birining so‘zlariga ko‘ra, Mo‘sul uchun kechadigan janglar IShID bilan bo‘layotgan kurashda keskin burilish yasashi mumkin. Chunki ayni damda shahar jangarilar uchun muhim muhofaza punkti hisoblanadi.
Mavzuga oid
20:25 / 16.07.2026
AQSh grin-karta talabgorlari uchun 100 ming dollarlik garov joriy etishi mumkin
12:03 / 16.07.2026
Eronning nishonlari – dunyoda va Arab ko‘rfazi davlatlarida AQShning nechta harbiy bazasi bor?
08:52 / 16.07.2026
AQSh Erondagi harbiy obektlarga yangi zarbalar berdi
22:58 / 15.07.2026