Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda odam savdosi bilan shug‘ullanuvchi xalqaro guruh a'zolariga hukm o‘qildi
Amerika Qo‘shma Shtatlarida odam savdosi bilan shug‘ullanuvchi xalqaro jinoiy guruhning 17 nafar a'zosiga nisbatan mahkama jarayoni bo‘lib o‘tdi. Ma'lum qilinishicha, qo‘lga olinganlar yuzlab taylandlik ayollarni jinsiy tijorat maqsadida Amerikaga yuborish bilan shug‘ullanib kelishgan.
Ayblov xulosasiga ko‘ra, 12 nafar taylandlik va 5 nafar amerikalik 2009 yildan buyon puxta tashkil etilgan jinoiy xalqa vositasida janubi-sharqiy osiyolik ayollarni yolg‘on va firib yo‘li bilan Taylanddan Amerikaga yuborib kelgan.
Ular, keyinchalik Los Angeles, Chicago, Atlanta, Las Vegas, Houston va Minneapolis shaharlariga jo‘natish ko‘zda tutilgan ayollar uchun viza olishda soxta sabab va hujjatlarni ko‘rsatishgan, deyiladi Adliya vazirligi xulosasida.
Ayniqsa, Minneapolis shahrida noqonuniy faoliyat bilan shug‘ullanuvchilarning “biznesi” gullab yashnagan. "AQShga kelishgach, jabrdiyda ayollar fohishalar uylariga joylashtirilgan, ular uzoq vaqt, hatto kecha-kunduz ishlashga majbur qilingan", deya xabar qiladi SNN telekanali.
Ushbu shahardagi mehmonxona va apartmentlarga tay ayollari ko‘plab keltirila boshlangach, Minneapolis ma'muriyati surishtiruv ishlarini boshlab yuborgan, deb yozmoqda Star Tribune nashri.
Shundan so‘ng, hibsga olishlar amalga oshirilgan, mazkur jinoiy tarmoq Georgia, Minnesota, Illinois va California shtatlarida ham faoliyat yuritishi aniqlangan.
"Ular Tayland ayollariga Amerika orzusini va'da qilishib, aldov bilan olib kelishgach, ularni zamonaviy jinsiy qullikka solishgan, majburlashgan".
Xabarlarga ko‘ra, jinoyatchilar ayollarni so‘zlariga ishontirish uchun 40 mingdan 60 ming dollargacha qarz ham berishgan. Amerikaga keltirilgach, ulardan fohishalik bilan qarzlarini ado etish talab qilingan.
Bundan tashqari, odam savdogarlari jabrlanuvchilarni manzilga yuborishni tezlashtirish maqsadida soxta viza va sayyohlik hujjatlarini tayyorlashgan.
Mavzuga oid
20:25 / 16.07.2026
AQSh grin-karta talabgorlari uchun 100 ming dollarlik garov joriy etishi mumkin
12:03 / 16.07.2026
Eronning nishonlari – dunyoda va Arab ko‘rfazi davlatlarida AQShning nechta harbiy bazasi bor?
08:52 / 16.07.2026
AQSh Erondagi harbiy obektlarga yangi zarbalar berdi
22:58 / 15.07.2026