Babayan: Kutilgan o‘yinni ko‘rsata olmayotgan futbolchiga asosiy tarkibda joy kafolatlanmagan
Jahon chempionati saralashining uchinchi bosqichi doirasidagi O‘zbekiston – Eron uchrashuvidan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan o‘yin haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Muhim o‘yinda, afsuski, omadsiz o‘ynadik. Yigitlarga so‘nggi daqiqalarga qadar kurashishgani uchun rahmat aytaman. Odil Ahmedovning yo‘qligi bugungi o‘yinimizga katta ta'sir qildi, hujumda vaziyatlar kam yaratdik. Eron himoyada yaxshi o‘ynadi. Bugun mag‘lubiyatga uchradik, ammo hali oldinda o‘yinlar ko‘p. Biz keyingi o‘yinlarda kerakli natijalarni qo‘lga kiritishga intilamiz.
Odil Ahmedov katta ehtimol bilan Xitoyga qarshi o‘yinda maydonga tushadi. Biz uni bugun maydonga tushirib, tavakkal qilmadik. Bu uning tiklanish jarayonini uzaytirib yuborishi mumkin edi.
Suriyaning Xitoyni mag‘lub etishi? Yo‘q, meni bu hayron qoldirmadi. Bu bosqichda qayd etilayotgan hech bir natija hayratga solayotgani yo‘q. Hozirgi bosqichda kuchsiz jamoaning o‘zi qolmagan.
Sardor Rashidov uch o‘yindan buyon o‘z darajasida o‘ynay olmayotgani rost. Bunday holatda hech kimga keyingi o‘yinlarda asosiy tarkibda tushish kafolatlanmagan. Biz o‘yinni tahlil qilamiz va kelasi o‘yingacha kerakli xulosalar chiqaramiz”, deydi Samvel Babayan.
Mavzuga oid
23:14 / 07.03.2019
To‘labek Akramov: «Babayan «Lokomotiv» asosiy jamoasining ishlariga aralashmaydi»
12:11 / 23.04.2018
Babayan «Spartak»da boshqa lavozimga o‘tkazildi
08:05 / 15.07.2017
O‘zbekiston terma jamoasida Guus Hiddinkning cobiq yordamchisi ish boshladi
14:07 / 29.03.2017