Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya mudofaa vazirligi Suriya osmonidagi istalgan noma'lum jismni urib tushirishidan ogohlantirdi
Suriya hukumati tomonidan nazorat qilinuvchi istalgan raketa yoki aviazarba rossiyalik harbiylarga yaqqol xavf soladi, deb aytdi 6 oktabrda Rossiya mudofaa vazirligi rasmiy vakili Igor Konashenkov. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.
Konashenkovning aytishicha, 17 sentabrda suriyalik harbiylarga xato tufayli berilgan zarbalardan keyin Rossiya o‘z harbiylariga bunday xato zarbalar berilmasligi uchun barcha zaruriy choralarni ko‘rdi.
"Hmaymim va Tartusdagi bazalarni himoyalovchi S-400 va-300 tizimlarining ta'sir qilish doirasi istalgan noma'lum obekt uchun kutilmagan "sovg‘a" bo‘lishi mumkin", deb aytdi Konashenkov.
Uning ta'kidlashicha, havo hujumiga qarshi tizimlar raschyotlarida hujum qilayotgan raketa va uning asl parvoz dasturini aniqlash uchun yetarlicha vaqt bo‘lmaydi.
29 sentabrda Reuters axborot agentligi AQSh prezidenti Barak Obama ma'muriyatida Suriya muholif kuchlariga yordam berish kengaytirilishi mumkinligi ko‘rib chiqilayotganini ma'lum qilgandi. Agentlik maqolasida Suriya hukumat qo‘shinlariga aviazarbalar berish masalasi ko‘rilgani, biroq Rossiya qo‘shinlari orasida qurbonlar bo‘lishi mumkinligi sababli buning ehtimoli juda kamligi aytilgan.
Mavzuga oid
15:51
Rossiya ichkarisiga dron hujumlari bilan Ukraina nimaga erishyapti?
09:20
G7 sammiti: Rossiya nefti va gaziga qarshi yangi sanksiyalar tayyorlanmoqda
22:31 / 16.06.2026
Zelenskiy Rossiyaga «dahshatli qish» bilan tahdid qildi
20:10 / 16.06.2026