Jahon | 08:22 / 07.10.2016
7930
1 daqiqa o‘qiladi

Afg‘onistonda IShIDga qarshi operatsiyada AQSh tomondan birinchi qurbon bo‘ldi

Foto: © AP

AQSh armiyasi serjanti Afg‘onistonda IShIDga qarshi operatsiyada halok bo‘lgan birinchi amerikalik harbiy bo‘ldi, deb ma'lum qildi Pentagon vakili Piter Kuk.

"Quruqlikdagi qo‘shinlar shtab-serjanti Adam Tomas 4 oktabrda Afg‘onistonning Nangorxor viloyatida o‘ldirildi. Serjant Tomas Afg‘onistonda IShIDga qarshi operatsiyada halok bo‘lgan birinchi amerikalik harbiy bo‘ldi", deb ma'lum qildi Kuk Pentagondagi matbuot-anjumanida. 

Avvalroq Pentagon ma'lum qilganidek, harbiy portlovchi qurilmani zararsizlantirish paytida halok bo‘lgan. 

2001 yildan beri Afg‘onistonda "Tolibon" harakati jangarilariga qarshi operatsiya o‘tkazib kelayotgan AQSh oxirgi vaqtda Afg‘onistonda faollashib qolgan IShIDga ham qarshi kurash olib bormoqda. 

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid