Jahon | 07:34 / 07.10.2016
4754
1 daqiqa o‘qiladi

Amerikalik yirik tadbirkorlar Trampga qarshi chiqishmoqda

Foto: www.ci.net.ua

Bir guruh taniqli amerikalik tadbirkorlar, jumladan respublikachilar ochiq maktub orqali AQSh prezidenti lavozimiga Respublikachilar partiyasi nomzodi Donald Trampga qarshi chiqdilar. Bu haqda Associated Press axborot agentligi xabar bermoqda. 

Bu maktubga imzo chekkanlar orasida "Vikipediya" asoschisi Jimmi Ueyls, AQShning sobiq savdo vaziri Karlos Guterrez va taniqli oshpaz Xose Andres bor.

"Barqaror investitsiyalar, iqtisodiyot o‘sishi va ishchi o‘rinlari paydo bo‘lishi uchun AQSh biznesi hukumat tomondan taraluvchi ishonchlilik va barqarorlikka muhtoj. Donald Tramp esa AQSh biznesi uchun juda ham umidsizdir", deb aytildi maktubda.

Avvalroq USA Today nashri ham amerikaliklarni Trampga ovoz bermaslikka chaqirgandi.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid