Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMT XK Guterrish nomzodini bosh kotiblikka ma'qulladi
BMT Xavfsizlik kengashi Portugaliyaning sobiq bosh vaziri Antoniu Guterrishning BMT bosh kotibligiga nomzodini ma'qulladi, deya e'lon qilgan Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili Vitaliy Churkin.
"Xavfsizlik kengashi BMT Bosh Assambleyasiga Antoniu Guterrish nomzodini BMT bosh kotibligiga tavsiya qiladi", - degan Churkin jurnalistlarga.
BMT XKda bosh kotib nomzodligi uchun so‘nggi ovoz berish jarayoni o‘tkazilgan bo‘lib, uning natijasi BMT Bosh Assambleyasiga taqdim etiladi.
Yakuniy qarorni soddalashtirilgan tartibda ovoz beruvchi Bosh Assambleya qabul qiladi.
Umuman, bosh kotiblik lavozimiga 10 nafar nomzod: besh erkak va besh nafar ayol kishi o‘zaro kurash olib bordi. Ularning yetti nafari Sharqiy Yevropa vakillaridir.
Guterrish esa, uning BMT bosh kotibligiga saylanishi - "xursandchilik uchun bir sabab va ulkan sharaf" ekanini aytgandi.
67 yoshli Guterrish 1995-2002 yillarda Portugaliya bosh vaziri bo‘lgan. 2005-2015 yillarda BMT qochoqlar masalalari bo‘yicha Oliy komissari bo‘lgan. 2016 yil aprelidan Portugaliya davlat maslahatchisi lavozimida faoliyat yuritib keladi.
Mavzuga oid
08:10 / 06.06.2026
Ukraina BMT Xavfsizlik kengashini favqulodda yig‘ilishga chaqirdi
12:20 / 04.06.2026
Qirg‘iziston ilk marta BMT Xavfsizlik Kengashi tarkibiga saylandi. O‘zbekiston qardosh xalqni tabrikladi
08:54 / 03.06.2026
BMT Bosh assambleyasiga yangi rais saylandi
22:50 / 01.06.2026