Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Poroshenko mahbuslar joniga oro kiruvchi qonunni imzoladi
Ukraina prezidenti Petr Poroshenko jazo muddatini qamoqda o‘tkazayotganlarga internet tarmog‘idan foydalanishlariga ruxsat beruvchi qonunni imzoladi. Uning nusxasi Oliy Rada saytiga joylashtirilgan.
Unda ta'kidlanishicha, ozodlikdan mahrum etilganlarga faqatgina ma'muriyat nazoratida tarmoqqa ulanishiga ruxsat beriladi. Shu bilan birga, ulanish uchun to‘lov mahbusning o‘z mablag‘idan qoplanadi. Alohida qayd etilishicha, qamoqda saqlanayotgan jinoyatchilarning ijtimoiy tarmoqlar, zo‘ravonlik, erotika va pornografiyani targ‘ib qiluvchi saytlarga kirishi taqiqlanadi.
Avvalroq, Ukraina Oliy Radasi 6 sentabrda mahbuslarga nisbatan qator talablarni yengillatishga qaror qilgan. Xususan, qamoqdagilar jargon so‘zlardan foydalanishlari, bir-biriga laqab qo‘yishi, tanalariga surat chizdirishlari mumkin. Bundan tashqari, ular jazoni o‘tash muassasasiga kelishi bilan, yoki karantin, diagnostika va taqsimlanish vaqtida ham yaqinlariga qo‘ng‘iroq qilish huquqiga ega bo‘lishgan.
Bundan tashqari, jinoyatchilar yangi qonunlardan ogohlatirilmasa va xabardor qilinmasa, qamoqxona rahbari javobgarlikka tortilishi mumkinligi qonunda belgilangan.
Mavzuga oid
20:40 / 05.07.2026
Konstantinovka kimning qo‘lida – Donbassning strategik muhim shahridagi vaziyat haqida
09:59 / 05.07.2026
Putin Ukraina hujumlarining muvaffaqiyatini pasaytirib ko‘rsatdimi?
18:34 / 04.07.2026
Ukraina Peterburgga hujum qildi
17:15 / 04.07.2026