Jahon | 12:40 / 07.10.2016
4229
1 daqiqa o‘qiladi

Venesuela rahbari AQSh elchixonasini zo‘ravonliklarni qo‘llab-quvvatlashda aybladi

Venesuela prezidenti Nikolas Maduro Amerika Qo‘shma Shtatlarining mamlakatdagi elchixonasini, yaqin kunlarda Venesuelada bo‘lishi kutilayotgan «zo‘ravonliklar»ni qo‘llab-quvvatlashda aybladi

«AQShning Venesueladagi elchixonasi mamlakatimizdagi tinchlikka qarshi qaratilgan  zo‘ravonliklar, terrorizm jinoyatlarini tayyorlash ortida turganidan xabarim bor. Ular vatanimizni shantaj qilish uchun o‘z g‘alamisliklarini yaqin kunlarda amalga oshirmoqchi, biroq men bunga yo‘l qo‘ymayman. Oktyabr tinchlik oyi bo‘ladi», —deya Maduro so‘zlarini keltiradi RIA Novosti agentligi. 

Shu bilan birga, Maduro jiddiy bayonotiga qaramay, ehtimoliy tahdidlarga oydinlik kirituvchi bironta qo‘shimcha ma'lumot keltirmagan, biroq zaruriy dalillarga egaligini ta'kidlagan. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid