Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindistonda o‘smir qiz oilaviy biznesga "omad keltiruvchi" 68 kunlik ro‘zadan so‘ng vafot etdi
Hindistonlik o‘smir qiz har yili iyul o‘rtasidan noyabrning birinchi choragiga qadar davom etuvchi ro‘za davomida ochlikdan vafot etdi, deb xabar beradi Times of India gazetasi.
Nashrining xabar berishicha, 13 yoshli Aradxana 68 kunlik ro‘zadan so‘ng suvsizlangan holda shifoxonaga olib kelingan. U juda ham uzoq davom etgan ochlikdan koma holatiga tushgan. Shifokorlarning aytishicha, uning buyragi va ichaklariga zarar yetgan.
Qiz mahalliy ruhoniyning maslahatiga ko‘ra o‘n hafta och yurgan. Qiz oilasining zargarlik biznesi inqirozga yuz tutgach, ruhoniy Aradxananing ota-onasiga omadni qaytarish uchun qizini ro‘za tutishga ko‘ndirish kerakligini aytgan.
Voqea bolalar huquqlarini himoya qilish tashkilotlarining g‘azabini keltirdi. Ular qizning ota-onasiga nisbatan tegishli chora-tadbirlarni zudlik bilan amalga oshirishni maqsad qilgan.
Mavzuga oid
18:08 / 09.06.2026
Istanbulda o‘zbekistonlik 6 yoshli bola tramvay ostida qolib, vafot etdi
22:04 / 31.05.2026
Myanmada binoda yuz bergan portlash oqibatida 46 kishi halok bo‘ldi
15:38 / 26.05.2026
Aholi va biznesning inflatsiya kutilmalari pasaydi: asosiy xavotir - kommunal xizmatlar, yonilg‘i va energiya narxlari
22:35 / 17.05.2026