Sport | 19:28 / 09.10.2016
14132
1 daqiqa o‘qiladi

Boateng tarixdagi eng yaxshi futbolchi haqida: Bu Pele, Maradona yoki Zidan emas

Foto: twitter.com/@udlaspalmasNET

Ganalik yarim himoyachi, hozirda Ispaniyaning «Las-Palmas» jamoasida to‘p surayotgan Kevin-Prins Boateng Ronaldinoni tarixdagi eng yaxshi futbolchi sifatida bilishini bildirdi.

«Men «Milan»ga kelganimda va u bilan birga o‘ynaganimda Dinoning eng yaxshi davrlari ortda qolgandi. Lekin u shu vaqtda ham to‘p bilan istaganini qila olardi.

Bunday lahzalarda uni ko‘rganingizda siz ham uni Zidan, Pele yoki Maradonadan yaxshiroq bo‘lganini his etardingiz.

U necha marta istasa, shuncha marta darvoza to‘sinini nishonga ola bilardi. U to‘p bilan shunday jonglyorlik amallarini ko‘rsatib berardiki, tasavvurga sig‘dirish qiyin. Bo‘yi 180 santimetr bo‘lgan bunday talantni boshqa topib  bo‘lmaydi», – deya Boatengning so‘zlarini keltirgan Football Espana nashri.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid