Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy BMT Xavfsizlik kengashi Rossiyaning Suriya bo‘yicha rezolyutsiyasini ma'qullamaganidan afsus bildirdi
© Foto:mfa.gov.ua
Xitoyning BMTdagi doimiy vakili Lyu Tszei BMT Xavfsizlik kengashi Rossiyaning Suriya bo‘yicha taklif qilgan rezolyutsiyasini ma'qullamaganidan afsus bildirdi. U bu haqda Xavfsizlik kengashida aytib o‘tdi. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.
Xitoy vakilining fikricha, Moskva tayyorlagan hujjatda Suriya ixtilofining barcha tomonlari urushni to‘xtatishga va gumanitar karvonlar uchun xavfsiz yo‘llarni ochishga chaqirilgan.
Lyu Tszeining o‘zi Rossiya taklif qilgan rezolyutsiyani "to‘liq va muvozanatlashgan", Fransiya taklif qilgan rezolyutsiyani esa Suriyaning mustaqilligi va hududiy yaxlitligiga nisbatan hurmatsizlik deb hisoblashini aytdi. Bu loyihada bir qator davlatlarning konstruktiv takliflari o‘z aksini topmagan, deb izohladi bu fikrini xitoylik diplomat.
Xitoyning o‘zi esa rezolyutsiya bo‘yicha ovoz berishda betaraflik bildirgan.
Mavzuga oid
15:59 / 07.02.2026
Sanksiyalar: YeI sudi Rossiyadan olib kirilgan avtomobillarni musodara qilishga ruxsat berdi
15:42 / 07.02.2026
Estoniya Rossiyadan urush ishtirokchilarini Shengenga kiritmaydi
14:18 / 07.02.2026
Rossiya aviachipta bron qilishning Leonardo tizimini milliylashtirmoqchi
14:14 / 07.02.2026