Rossiya va Ukraina “300 ga 300” formulasi böyiça yangi harbiy asirlar almaşinuvini amalga oşirdi. Bu haqda 6 mart, juma kuni Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy xabar qildi. Bu ma’lumotni Rossiya Mudofaa vazirligi ham tasdiqladi.
Zelenskiyning aytişiça, 300 nafar harbiy xizmatçidan taşqari, Ukrainaga ikki nafar fuqaro ham qaytarilgan. Uning sözlariga köra, ularning aksariyati Rossiya asirligida bir yildan köproq vaqt bölgan, ayrimlari esa 2022 yildan beri asirlikda saqlangan. “Har birini yodda tutamiz va albatta barça odamlarimizni qaytarişimiz kerak”, — deb qöşimça qildi Ukraina prezidenti.
“Novaya Gazeta. Yevropa” naşriga almaşinuv jarayonida qatnaşgan “Naş vyxod” harakati koordinatori Irina Krininaning aytişiça, bu harbiylarning yarmidan biroz köproği 2025 yilda, qolganlari esa 2024 yilda asirga tuşgan.
Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lum qilişiça, almaşinuv Amerika Qöşma Ştatlari va Birlaşgan Arab Amirliklari (BAA) iştirokida ötgan. Idora qöşimça qilişiça, hozirda Rossiya harbiy asirlari Belarus hududida joylaşgan.
5 mart kuni Rossiya va Ukraina Jyenevadagi muzokaralarda erişilgan kelişuvlar doirasida “200 ga 200” formulasi böyiça harbiy asirlar almaşdi. Bundan avvalgi şunday almaşinuv 2026 yil fevral boşida bölib ötgan edi — öşanda Rossiya va Ukrainaga 157 nafardan harbiy asir qaytarilgan.








