Jahon | 09:44 / 10.10.2016
9291
1 daqiqa o‘qiladi

Amerikaliklar esminetsi Yaman qirg‘oqlari yaqinida hujumga uchradi

© Flickr/ Official U.S. Navy Page

AQSh Harbiy-dengiz kuchlari esminetsi xalqaro suvlarda suzib yurgan vaqtida unga qarata Yaman qirg‘oqlaridan turib raketa uchirildi. Bu haqda Pentagon vakiliga asoslanib, Reyter agentligi xabar berdi.

Agentlik ma'lumotiga ko‘ra, raketa zarbasi husiychilar nazoratidagi hududdan berilgan.

Amerikalik harbiy manbaning ma'lumotiga ko‘ra, hujum oqibatida talofatlar yo‘q.

Yamanda 2014 yilning yozida ziddiyatlar boshlandi. Sobiq prezident Ali Abdulla Saloh tarafdorlari bo‘lgan husiychilarni (shialar) birlashtirgan "Ansor Alloh" tashkiloti hozirgi prezidenti, sunniy Abd Mansur Hodiyni poytaxtdan quvib yuborishgach, Saudiya Arabistoni boshchiligidagi arab koalitsiyasi Yamanning qonuniy hukumatini yoqlab chiqdi va 2015 yilning martida koalitsiya kuchlari Yamanda harbiy harakatlar boshladi. Shundan so‘ng qonli mojarolar yanada avj olib ketdi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid